Kanallarda hikoyalar, bir martalik media va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Kanallar uchun hikoyalar, hikoyalardagi musiqangiz va boshqalar bilan tanishing

Telegramning 10 yilligiga bagʻishlangan avvalgi yangilanishimizda foydalanuvchilar hikoyalar joylash imkoniyatiga ega boʻlgan edi. Bugundan boshlab kanallar ham yangi ovoz berish tizimi yordamida hikoyalar joylashi mumkin. Bundan tashqari, ilovada hikoyalar uchun reaksiya stikerlari va musiqa, shuningdek, koʻrilganidan keyin oʻchib ketadigan rasm va videolarni yuborish imkoniyati, yaxshiroq hisobga kirish ogohlantirishlari va boshqalar taqdim etildi.

Kanallar uchun hikoyalar

Endi Telegram foydalanuvchilari sevimli kanallariga hikoyalar joylash imkoniyatini ularga ovoz berish orqali hadya qilishi mumkin. Telegram Premium obunasi istalgan kanalga berishingiz mumkin boʻlgan 4 ta ovoz taqdim etadi.

Kanal koʻp ovoz olgani sari darajasi oshib boradi – har bir daraja uchun kanal obunachilarining tasmalariga kuniga qoʻshimcha 1 ta hikoya joylay oladi.

Foydalanuvchilar har 24 soatda bir marta ovozlarini boshqa kanalga koʻchirishi mumkin.

Kanallar obunachilardan t.me/durov?boost kabi maxsus havola yordamida ovoz berishni soʻrashi mumkin. Kanalingiz uchun ovoz havolasini olish va darajani oshirishga sizga qancha ovoz kerakligini koʻrish uchun Kanal profili > Yana > Statistika > Ovozlar rukniga kiring.

Kanal adminlari hikoyalar joylay oladi

Kanalingiz hikoyalarni ochgach, Telegram Premium obunasi mavjud tegishli huquqlarga ega adminlar kanal nomidan joylash uchun kanal axboroti sahifasida Post Story Icon belgisini bosishi mumkin.

Adminlar chatlari roʻyxatidan hikoyalar joylayotganida “Quyidagi nomidan hikoya joylash” variantini ham koʻradi.

Hikoyalarda reaksiya stikerlari

Foydalanuvchilar va kanallar hikoyalariga reaksiya stikerlarini qoʻshishi mumkin, bu uni koʻrganlarga shunchaki bitta bosish orqali yanada koʻproq emojilar bilan javob berish imkonini beradi. Kanallar tomonidan joylangan hikoyalarda har bir emojini necha kishi tanlaganini koʻrsatuvchi reaksiya hisoblagichlari aks etadi.

Reaksiya stikerini qoʻshish uchun stiker panelida 💭 belgisini bosing, keyin oynadagi oʻnlab variantlardan biror emojini tanlang. Premium obunachilari istalgan maxsus emojisidan ham foydalanishi mumkin.

Har kim har bir hikoyaga 1 ta reaksiya emojisini qoʻshishi mumkin, Premium obunachilari esa 5 tagacha qoʻsha oladi.

Hikoyalardagi musiqangiz

Qurilmangizdagi audio fayllardan hikoyalarda foydalanish mumkin, bu sizga maxsus saundtreklar yoki ovozli sharh bilan kontent yaratish imkonini beradi.

Stikerlar panelidan “Audio” bandini bosing va fayl tanlang, keyin biror qismni tanlash uchun trekni sozlang. Video hikoyalarda asl tovushni qoldirishingiz, shuningdek, kiritgan audiongizni istalgan nuqtaga harakatlantirishingiz, masalan, oʻrtasiga tovush effekti qoʻshishingiz yoki oxiriga musiqa qoʻshishingiz mumkin.

Bir martalik media

Telegram 2013-yilda oʻchib ketuvchi media funksiyasini qoʻshgan edi. Endi undan foydalanish yanada osonlashdi, yangi koʻrinish va Bir martalik sozlamasiga ega boʻldi.

Yakkama-yakka chatdagi media muharrirda View Once Icon belgisini bosish sizga rasm yoki videongiz ochilganidan keyin qancha muddatbir martalikdan 30 soniyagacha koʻrinib turishini tanlash imkonini beradi. Bir martalik media qabul qiluvchi uni ochganida chatdan butunlay oʻchirib tashlanadi.

Barcha oʻchib ketuvchi medialar kabi saqlash va skrinshotlar olish bir martalik media uchun ishlamaydi.

Yangi hisobga kirish ogohlantirishlari

Kimdir hisobingizga kirganida Telegram barcha qurilmalaringizga bildirishnoma yuboradi. Buni yanada koʻrinadigan qilish uchun yangi kirishlar endi chatlar roʻyxati yuqori qismida ushbu ogohlantirishni chiqaradi.

Agar yangi qurilmada hisobingizga kirmagan boʻlsangiz, hisobingizni darhol himoyalash uchun Yoʻq, bu men emasman!” tugmasini bosing. Siz hozirda xabarlaringizga ruxsati bor barcha qurilmalarni Sozlamalar > Qurilmalar ruknida tekshirishingiz mumkin.

Qoʻshimcha himoya uchun Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Ikki bosqichli tekshiruv ruknida Ikki bosqichli tekshiruv parolini kiritishingiz mumkin.

Hech qachon login kodlari yoki parolingizni chatlaringizga ochish uchun Telegramda hisobingizga kirishingizdan tashqari hech qayerga kiritmang.

Va boshqalar

Dasturchilar oʻnlab xatolik tuzatmalari va optimallanishlarni qoʻshdi. iOS foydalanuvchilari videolar yuborish yaxshilanganini sezadi – endi u tezroq va natija paneli yanada aniqroq. Android foydalanuvchilari spoyler animatsiyalarini, jumladan, bir martalik va berkitilgan media koʻrayotganda unumdorlik yaxshilanganini sezadi.


Buguncha shular. Kanallar hikoyalarini koʻrayotgan vaqtingizda keyingi yangilanish ustida ishlayotgan boʻlamiz.


2023-yil, 22-sentabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

체크리스트, 추천 게시물 및 채널을 위한 추가 수익화 옵션

오늘 업데이트에서는 팀과 개인이 텔레그램을 떠나지 않고도 작업을 추적할 수 있도록 돕는 체크리스트가 도입되었습니다. 또한 추천 게시물 기능이 추가되어, 채널과의 파트너십 및 프로모션을 안전하고 쉽게 조직할 수 있으며, 크리에이터가 콘텐츠를 크라우드소싱하고 수익화할 수 있는 새로운 기회를 열어줍니다.
1-iyl, 2025

채널용 다이렉트 메시지, 음성 트리밍, 주제 탭 및 HD 사진

오늘 업데이트에서는 사용자가 좋아하는 채널과 대화를 시작하는 새로운 방법, 주제를 더 효율적으로 탐색하는 기능, 음성 메시지를 보내기 전에 다듬는 기능, 더 높은 화질로 사진을 보내는 기능 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
3-iyn, 2025

기프트 마켓플레이스, 여러 스토리 한 번에 게시, 채널 자동 번역

텔레그램의 두 번째 주요 업데이트가 단 7일 만에 출시되었습니다! 이제 새로운 마켓플레이스에서 수집용 선물을 안전하게 사고팔 수 있습니다. 스토리 에디터를 사용하면 여러 개의 스토리를 한 번에 게시하거나 긴 동영상을 여러 개의 스토리로 나눌 수 있습니다. 채널은 자동 번역을 활성화하여 모든 사용자가 자신의 언어로 게시물을…
8-may, 2025

더욱 안전한 그룹 통화, 자동 계정 등

오늘 업데이트에서는 매우 안전하고 사용하기 쉬운 그룹 통화를 도입합니다. 또한 텔레그램 비즈니스 계정에 대한 완전 자동화를 가능하게 하는 주요 업그레이드를 출시하고, 선물 사용자에 대한 새로운 옵션, 계정 제한에 대한 이의 제기를 더 간단하게 하는 방법 등을 제공합니다.
30-apr, 2025