Emoji platformasi, maxsus animatsiyali emoji toʻplamlari, Telegram Premiumni hadya qilish va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Maxsus animatsiyali emojilar, Telegram Premiumni hadya qilish va boshqalar

Bu yozda Telegram faol foydalanuvchilari 700 milliondan oshdi hamda barchaga Telegram rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va ekskluziv qoʻshimcha funksiyalardan foydalanish imkonini beruvchi Premium Telegram Premium obunasini tanishtirdi.

Bugungi yangilanishda Emoji platformasi, xabarlar va izohlarda animatsiyali maxsus emoji toʻplamlari, Telegram Premiumni hadya sifatida berish imkoniyati, ovozli xabarlar uchun yangi maxfiylik sozlamasi va boshqalar taqdim etiladi.

Premium Maxsus animatsiyali emojilar

Bugun biz istalgan kishi Telegram Premium foydalanuvchilari uchun unikal sanʼat uslublari va qahramonlarga ega maxsus toʻplamlarni yuklashi mumkin boʻlgan ochiq emoji platformasini ishga tushirmoqdamiz.

Yangi aniatsiyali emojilarni xabarlar matni va media izohlariga kiritish mumkin, bu chatlaringizga yanada koʻproq hissiyot qoʻshadi. Telegram Premium foydalanuvchilari 10 ta dastlabki maxsus emoji toʻplamidan foydalanish imkoniga ega boʻladi. Ularning har biri unikal qahramonlarga ega oʻnlab emojilardan tashkil topgan va jami 500 ta Premium emojidan iborat.

Xabar yozishni boshlaganingizda yangi dizayndagi emojilar panelini ochuvchi Stickers Stiker tugmasi Emoji Emoji tugmasiga aylanadi, natijada emoji toʻplamlaringizga tez razm solishingiz va yangilarini qoʻshishingiz mumkin boʻladi.

Barcha foydalanuvchilar, Premium yoki oddiy boʻlsin, animatsiyali emojilarni koʻrishi mumkin. Istalgan kishi Saqlangan xabarlar chatida barcha animatsiyali emojilardan sinash yoki qayd va eslatmalariga qoʻshimcha joziba berish uchun bepul foydalanishi ham mumkin.

Barcha toʻplamlar emoji tavsiyalariga qoʻshilgan – :smile yoki :lol kabi tezkor tugmalarni kiriting, shunda butun kutubxonadan natijalarni koʻrasiz. Statik emoji kiritilsa ham barcha animatsiyali toʻplamlaringizdan tavsiyalarni koʻrsatadi.

Interaktiv maxsus emojilar

Koʻplab mashhur maxsus emojilar yakkama-yakka chatlarda yuborilganida interaktiv ham boʻladi – istalgan foydalanuvchi sinxron butun ekran effektlarini ijro etish uchun bosishi mumkin.

Uni 😂😍😁😱❤️👍🎉 kabi keng tarqalgan emojilar va 💸🔥👻 kabi yana boshqa emojilar bilan sinang.

iOS uchun ilovada yangi stiker, GIF va emojilar paneli

iOS uchun ilovada stikerlar paneli Android, desktop va veb ilovalardagi kabi stikerlar, GIFlar va emojilar uchun alohida sahifalar bilan yangi koʻrinishga ega boʻldi.

Barcha ilovalarda GIF boʻlimi endi yaqinda oʻtkazilgan tanlovga yuborilgan ishlar evaziga sevimli film va shoularingizdan minglab yuqori sifatli GIFlarga ega boʻldi.

Premium Ovozli xabarlar uchun maxfiylik sozlamalari

Premium foydalanuvchilar Har kim, Kontaktlarim yoki Hech kim kabi ularga kimlar ovozli va video xabarlar yubora olishini boshqarish imkonini beruvchi yangi sozlamadan foydalanishi mumkin.

Ovozli va video xabarlar uchun maxfiylik sozlamalari

Boshqa maxfiylik sozlamalari kabi ushbu sozlama ham istisnolarni qoʻllab-quvvatlaydi, muayyan odamlar yoki guruhlar sizga ovozli xabarlarni yuborish imkoniyatini Hech qachon yoki Har doim qilib tanlashingiz mumkin.

Agar oq roʻyxatingizdagi kimdir ovozli suhbat uchun noqulay vaqtni tanlasa, har doim ularning ovozli xabarlarini matnga oʻgirishingiz mumkin.

Bu sozlamani oʻzgartirish uchun Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Ovozli xabarlar rukniga kiring.

Premium Telegram Premiumni hadya qilish

Agar Telegram Premium obunangiz boʻlsa, endi doʻstlar, oila va hamkasblaringizga 3, 6 yoki 12 oylik obunani chegirma narxida yuborish orqali barcha imtiyozlarni ulashishingiz mumkin.

Foydalanuvchining profilini oching va Menu iOS yoki Menu Android tugmasini bosing va Premium hadya qilish bandini tanlang. Hadya qilingan obuna ushbu foydalanuvchi bilan chatingizga animatsiyali hadya qutisi mavjud boʻlgan maxsus xabar sifatida darhol keladi.

Agar Telegram desktop ilovalaridan biridan foydalanayotgan boʻlsangiz yoki Android ilovasini bevosita veb-saytimizdan yuklab olgan boʻlsangiz, Telegram Premiumga obuna boʻlish yoki uni hadya sifatida berish uchun @PremiumBot kabi botlardan foydalanishingiz mumkin.

Telegram haqida savollar endi Telegram Premium uchun moʻljallangan boʻlimga ega boʻldi. Unda obunangizni qanday boshqarish, u qanday imtiyozlarni taqdim etishi hamda nima uchun u bilan qalbda iliqlik his qilishingiz haqida bilib olishingiz mumkin.

Yangi interaktiv emojilar

Butun ekranli interaktiv emojilarni yaratish yaxshi anʼana va bugun biz 🍌🤨⚡️💔🏆😐 emojilarini qoʻshmoqdamiz. Emojini bosganingizda effekt namoyish qiluvchi katta animatsiyali emojini olish uchun yakkama-yakka chatlarda ulardan birini yuboring:

Bu emojilar hozirda Premium foydalanuvchilari ekskluziv foydalanishi mumkin boʻlgan reaksiyalar sifatida ham mavjud.

Istalgan foydalanuvchi Premium obunachilar tomonidan qoʻshilgan ekskluziv reaksiyalar hisoblagichlarini oshirishi mumkin.

Buguncha shular. Yoz quyoshidan zavqlaning. Biz esa keyingi yangilanish ustida ishlash uchun har doim yoqimli yertoʻlamizga qaytamiz.


2022-yil, 12-avgust
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

공개 게시글 검색, 스토리 앨범, 선물 컬렉션 등

오늘 업데이트에서는 텔레그램에서 공개 게시글에 대한 글로벌 검색 기능, 스토리를 앨범으로 정렬하고 선물을 컬렉션으로 정리, 새로운 스타일리시한 미니 앱을 통한 봇 관리 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2025

체크리스트, 추천 게시물 및 채널을 위한 추가 수익화 옵션

오늘 업데이트에서는 팀과 개인이 텔레그램을 떠나지 않고도 작업을 추적할 수 있도록 돕는 체크리스트가 도입되었습니다. 또한 추천 게시물 기능이 추가되어, 채널과의 파트너십 및 프로모션을 안전하고 쉽게 조직할 수 있으며, 크리에이터가 콘텐츠를 크라우드소싱하고 수익화할 수 있는 새로운 기회를 열어줍니다.
1-iyl, 2025

채널용 다이렉트 메시지, 음성 트리밍, 주제 탭 및 HD 사진

오늘 업데이트에서는 사용자가 좋아하는 채널과 대화를 시작하는 새로운 방법, 주제를 더 효율적으로 탐색하는 기능, 음성 메시지를 보내기 전에 다듬는 기능, 더 높은 화질로 사진을 보내는 기능 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
3-iyn, 2025

기프트 마켓플레이스, 여러 스토리 한 번에 게시, 채널 자동 번역

텔레그램의 두 번째 주요 업데이트가 단 7일 만에 출시되었습니다! 이제 새로운 마켓플레이스에서 수집용 선물을 안전하게 사고팔 수 있습니다. 스토리 에디터를 사용하면 여러 개의 스토리를 한 번에 게시하거나 긴 동영상을 여러 개의 스토리로 나눌 수 있습니다. 채널은 자동 번역을 활성화하여 모든 사용자가 자신의 언어로 게시물을…
8-may, 2025