Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Bugungi yangilanish kontent ijodkorlari va jamoat arboblariga maxfiyligini koʻproq nazorat qilish imkonini beradi va shu bilan birga, mashhurligini monetizatsiya qilishning yangi usullarini taklif etadi. Endi siz auditoriyangiz bilan aloqada boʻlgan holda kiruvchi xabarlarni filtrlash, xotirjamligingizni himoyalash va Telegram Yulduzlar ishlash imkoniyatiga egasiz.
Bu yangilanish firibgarlikning oldini olish uchun yangi chatlar uchun axborot sahifasi, Telegram Premiumni yulduzlar bilan sotib olish imkoniyati va startaplarga foydalanuvchilarni tasdiqlash xarajatlarini tejashga yordam beruvchi Tasdiqlash platformasi 2.0 va boshqa koʻplab yangiliklarni taqdim etadi!
Agar koʻp miqdorda xabarlar olsangiz, endi kontaktlaringizdan tashqaridagi foydalanuvchilardan keladigan xabarlar uchun toʻlov belgilashingiz mumkin. Bu vaqtingizni haqiqatan ham qadrlaydiganlar siz bilan bogʻlanishini taʼminlaydi va sizga kiruvchi xabarlaringizni toʻliq nazorat qilgan holda eʼtiboringizni yulduzlar ishlashga qaratish imkonini beradi.
Bu funksiya bilan quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlasiz:
Bu sozlamani guruh chatlari va kanal muhokamalariga ham qoʻllash mumkin, bu esa muloqotni eʼtiborda va spamdan xoli saqlashga yordam beradi. Shuningdek, guruh egalari hamjamiyatini monetizatsiya qilib, mazmunli suhbatlardan yulduzlar ishlashi mumkin.
Yulduzli xabarlar moslashuvchan sozlamalar bilan birga keladi — siz maʼlum foydalanuvchilar yoki maxsus guruh aʼzolariga sizga bepul xabar yuborishga ruxsat berishingiz mumkin. Agar xabar yuborilganidan keyin istisno qilinishi kerak boʻlsa, yulduzlarni bir marta bosish bilan darhol qaytarishingiz mumkin.
• Shaxsiy chatlarda: Telegram Premiumga ega ekaningizga ishonch hosil qiling, keyin Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlar rukniga kiring.
• Guruhlarda: Ruxsatlar ruknida “Xabarlar uchun yulduzlarda haq olish” bandini yoqing.
Xabarlaringizni nazorat qiling, vaqtingizni himoyalang va mashhurligingizni imkoniyatga aylantiring — bularning barchasini kirish xabarlaringizni xavfsiz va boshqariladigan tarzda saqlagan holda bajaring!
Endi kontaktlaringizdan tashqaridagi kimdir sizga birinchi marta xabar yuborganida batafsil axborot sahifasini koʻrasiz, bu sizga hatto javob berishingizdan oldin firibgarliklarni aniqlash, oʻzini boshqa shaxs qilib koʻrsatadiganlardan qochish va kim bilan suhbatlashayotganingizni tasdiqlash imkonini beradi.
Bu sahifa sizga yuboruvchi haqida muhim maʼlumotlarni taqdim etadi, jumladan:
Bu yangi funksiya bilan kimga eʼtibor berishni oʻzingiz nazorat qilasiz — endi notanish yuboruvchilardan shubhalanish yoki soxta profillarga aldanish yoʻq. Ehtimoliy hamkor, muxlis yoki yangi doʻst bilan suhbatlashayotganingizdan qatʼi nazar, suhbatlashish yoki suhbatlashmaslikni oson va ishonch bilan hal qilish uchun kerakli axborotlarga ega boʻlasiz.
Endi siz Telegram Yulduzlaringizni Premium imtiyozlarga aylantirishingiz mumkin. Balansingizdan foydalanib, hech qanday qoʻshimcha pul sarflamasdan Telegram Premiumga obuna boʻling yoki doʻstlaringizga Premium hadya qiling.
Yulduzli xabarlar orqali ishlangan yulduzlar? Ular har oy Premium obunangizni qoplashiga imkon bering — osonlik bilan!
Ekskluziv funksiyalar, tezroq yuklab olish, maxsus emoji va boshqalar — barchasi yulduzlaringiz hisobiga!
Yulduzli xabarlar orqali Telegram Yulduzlar ishlagan foydalanuvchilar va guruhlar Fragment orqali ushbu Yulduzlarni yechib olishi va ularni qimmatli mukofotlarga aylantirishi mumkin. Bu mukofotlar darhol Telegram Ads, TON blokcheynidagi kolleksiya buyumlari va boshqa narsalarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin.
Yulduzli xabarlardan yulduzlar ishlagan guruh egalari endi guruh profilidan bevosita guruhlarining yulduz balansini koʻrishi va boshqarishi mumkin, bu esa olingan yulduzlarni kuzatish va ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Sevimli hadyangizni taqishdan tashqari, endi yana 6 ta hadyani ham hadyalar sahifasida, ham profil muqovasida namoyish etish uchun qadashingiz ham mumkin.
Hadyalarni Sozlamalar > Profilim > Hadyalar ruknida koʻrish, tartiblash va qadashingiz mumkin.
Endi Android foydalanuvchilari videolarni bevosita Chromecast qurilmalariga translatsiya qilishi mumkin — doʻstlaringiz bilan memlarni tomosha qilishingizdan yoki muhim taqdimot qilishingizdan qatʼi nazar, barchasidan katta ekranda zavqlaning!
Qanday translatsiya qilinadi: Videoni oching, Sozlamalar belgisini bosing va Chromecast bandini tanlang.
Telegram Gateway foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilish uchun tejamkor va maxfiylikka yoʻnaltirilgan yechim boʻlib, bizneslarga mijozlarining telefon raqamlarini Telegram orqali anʼanaviy SMS xarajatlarining atigi kichik bir qismi evaziga tasdiqlash imkonini beradi.
Telegramning Tasdiqlash platformasi allaqachon boshqa xizmatlarga nisbatan 9 marta arzonroq edi va endi u yana 20% tejamkorroq! Bugungi yangilanish dasturchilarga maksimal yetkazish vaqtini belgilash imkonini beradi — agar kod belgilangan vaqt ichida yetkazilmasa, uning toʻlovi avtomatik ravishda qaytariladi.
Boshqa joylarda SMS tasdiqlash narxi har bir xabar uchun 0,50$ yoki undan koʻp boʻlishi mumkin, Telegram Gateway esa autentifikatsiyani atigi 0,01$ evaziga taklif qiladi.
Bu imkoniyat sinov uchun butunlay bepul boʻlib, startaplarga keraksiz xarajatlarni qisqartirish va ajoyib mahsulotlar yaratishga eʼtibor qaratish imkonini beradi. Batafsil qoʻllanmamizda koʻproq axborot oling va bugunoq tejashni boshlang!
Buguncha shular, biz hali shunchaki Telegramning bahorgi yangilanishlariga qizib olmoqdamiz.
2025-yil 7-mart,
Telegram jamoasi