Telegram Biznes

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish

Bugundan boshlab istalgan kishi Telegram hisobini biznes hisobiga aylantirishi va ish vaqti, joylashuv, tezkor javoblar, avtomatik xabarlar, maxsus boshlash sahifasi, chatbotni dastaklash va boshqa shu kabi biznes funksiyalaridan foydalanishi mumkin.

Telegram Biznesni taqdim etamiz

Telegram dasturchilarga bizneslar keng foydalanadigan kuchli botlar va mini ilovalar yaratish imkonini bergan edi.

Bugundan boshlab istalgan foydalanuvchi kodlash malakasisiz biznes funksiyalaridan oson foydalanishi mumkin.

Ish vaqti va joylashuv

Bizneslar ish vaqtini aks ettirishi va xaritada joylashuvini koʻrsatishi mumkin.

Foydalanuvchilar sizni qayerdan topishni bilib oladi va ochiq yoki yopiqligingizni darhol koʻradi.

Boshlash sahifasi

Bizneslar odamlar suhbatni boshlashidan oldin qanday matn va stikerni koʻrishini tanlash orqali boʻsh chatlar uchun boshlash sahifasini moslashi mumkin.

Bu sizga mahsulot va xizmatlar haqidagi axborotni namoyish qilish yoki mijozlarni brend belgisi bilan kutib olish imkonini beradi.

Tezkor javoblar

Telegram Biznes sizga tezkor javoblar yaratish imkonini beradi. Tezkor javoblar — bu bir nechta xabarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan hamda matnni formatlash, havolalar, stikerlar, media va fayllarni dastaklaydigan andoza xabarlar uchun qisqa buyruqlardir.

Bu sizga darslar jadvali yoki menyungiz PDF fayli kabi mijozlaringizga tez-tez kerak boʻladigan tezkor axborotlarni yuborish imkonini beradi.

Istalgan chatda / belgisi kiritilsa, barcha tezkor javoblarga ega panel koʻrsatiladi. Ularni bitta bosish bilan yuborish yoki tahrirlashingiz mumkin. Bu guruhlarda emas, faqat shaxsiy chatlarda ishlaydi.

Salomlashuv xabarlari

Yanada avtomatlashtirish uchun sizga birinchi marta bogʻlangan foydalanuvchilarga yuboriladigan salomlashuv xabari sozlashingiz mumkin. U sizga birinchi yozadigan foydalanuvchilarga yuboriladi — ular shu tarzda javoban eng muhim axborot yoki shunchaki doʻstona salomlashuv oladi. 👋

Salomlashuv xabaringiz tez-tez beriladigan savollarga javoblar yoki biznesingiz haqida batafsil axborotni oʻz ichiga olishi mumkin.

Siz foydalanuvchi yangi xabariga javoban qancha muddatdan keyin salomlashuv xabari yana yuborilishini belgilashingiz mumkin.

“Joyida emas” xabarlari

Biznesingiz yopiqligida yoki taʼtildaligingizda yuboriladigan “joyida emas” xabarini sozlashingiz ham mumkin.

Shu tarzda odamlar biznesingizdan qachon javob kutishi mumkinligini har doim biladi.

Doʻstlar, oila aʼzolari yoki xodimlarga biznes xabarlari yuborishning oldini olishi uchun istalgan avtomatik xabar uchun muayyan chatlarni yoki butun chat turkumlarini istisno qilishingiz mumkin.

Chatlar uchun teglar

Telegram Biznes yoki Premium obunasi bilan chatlarga ular joylashgan jild nomiga ega rangli teglar qoʻshishingiz mumkin.

Bu chatlar roʻyxatidagi mijozlarni maqomi, ehtiyojlari yoki ustuvorlik darajasi asosida tezda farqlashga yordam beradi.

Barcha Telegram foydalanuvchilari chatlar roʻyxatida sahifalar sifatida koʻrinadigan sozlanadigan jildlar yordamida chatlarini guruhlashi mumkin, masalan, “ish”, “oʻqish”, “yangiliklar” va boshqalar.

Chatga havolalar

Mijozlar siz bilan bogʻlanishini yanada osonlashtirish uchun stol bandlash yoki buyurtmani kuzatish kabi biznesingiz bilan chatga havolalar yaratishingiz mumkin. Bu havolalar bosilganida darhol siz bilan chat ochiladi va foydalanuvchi uchun taklif qilingan xabarni joylaydi.

Bu havolalardan saytingizdagi havoladan tortib restoran menyusidagi QR kodgacha Telegram ichida va tashqarisida foydalanishingiz mumkin.

Har bir havola unga necha marta bosilganini koʻrsatadi, bu bilan uning unumdorligini kuzatishingiz mumkin.

Biznes uchun chatbotlar

Biznes foydalanuvchilar Telegram uchun olingan xabarlarni tahlil qiladigan va ularga hisob nomidan javob beradigan botlarni ulashi mumkin. Bu mavjud vositalar va ish jarayonlarini oson va ravon integratsiya qilish yoki chatlarini boshqaradigan AI yordamchilarni qoʻsish imkonini beradi.

Chatbot qoʻshganda kontaktlaringiz bilan barcha chatlarni istisno qilish yoki faqat yangi chatlarga javob berish kabi bot qaysi chatlarga kirishi mumkinlgini sozlashingiz mumkin.

Bu Telegram botlari uchun yangi davrni ochadi — biz barcha dasturchilarni bizneslar uchun Telegram foydalanuvchilari bilan muloqotini avtomatlashtirish va yaxshilashga yordam beradigan yangi xizmatlarni yaratishga taklif qilamiz. Tafsilotlar uchun Bot qoʻllanmalarimiz bilan tanishing.

Telegram kelgusi yangilanishlarda bizneslar uchun yangi funksiyalarni tanishtiradi. Hozircha barcha Telegram Biznes funksiyalaridan Premium foydalanuvchilar bepul foydalanishi mumkin. Ularni Sozlamalar > Telegram Biznes ruknida topishingiz mumkin.


2024-yil, 31-mart
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

제휴 프로그램, AI 기반 스티커 검색, 콜라주 등

오늘, 우리는 텔레그램의 콘텐츠 제작자와 미니 앱 개발자를 위한 흥미로운 소식을 전합니다. 제작자는 이제 자신의 노력을 수익화하고 별을 얻을 수 있는 간단한 방법을 가지게 되었으며, 미니 앱 개발자는 새로운 사용자를 유치할 수 있는 강력한 도구를 얻게 됩니다. 또한, 텔레그램 사용자는 이제 AI를 사용하여 스티커를 찾고…
4-dek, 2024

미니 앱 2.0: 전체 화면 모드, 홈 화면 아이콘, 지리적 위치 및 10가지 추가 기능

오늘 우리는 미니 앱 역사상 가장 큰 업데이트를 출시합니다. 미니 앱은 전체 화면 모드, 구독 계획, 홈 화면 바로가기, 선물 보내기, 미디어 공유, 문서 작성, 위치 정보 접근, 모션 트래커, 이모지 상태 설정 등을 지원합니다.
17-noy, 2024

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024