Video tahrirlagich, animatsiyali rasmlar, yaxshiroq GIFlar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Yangi media tahrirlagich, yaxshiroq GIFlar va boshqalar bilan tanishish

2015-yilda Telegram messenjer uchun unikal boʻlgan, rasmlar sifatini yaxshilash va ularga chizma, stiker va matn qoʻshish imkonini beruvchi rasm tahrirlagichni taqdim etgan edi. Bugundan boshlab ushbu tahrirlagichda videolarni qayta ishlash hamda video va rasmlarga animatsiyali stikerlarni joylash imkoniyati ham paydo boʻldi.

Video tahrirlagich avtomatik ravishda video sifatini yaxshilash — yoki oddiy usulda yorqinlik, toʻyinganlik va boshqa parametrlarni sozlash, shuningdek, matn joylash yoki rasm qoʻshish imkonini beradi.

Rasm yoki videolarga chizishda endi makiyajingizni toʻgʻrilash yoki doʻstingizga ideal moʻylov chizish uchun masshtabni kattalashtirish mumkin.

Animatsiyali stikerlarni qoʻshish

Eng muhimi, siz endi istalgan rasm yoki videoga animatsiyali stikerlarni qoʻshishingiz mumkin – masalan, tushlik dasturxoningizni raqsga tushuvchi olchalar bilan bezatmoqchi boʻlsangiz. Agar rasmga stiker joylasangiz, u avtomatik ravishda GIF-animatsiya sifatida yuboriladi:

Yaxshilangan GIF paneli

GIF panelida yangi Ommabop boʻlimi, shuningdek, mos keluvchi emoji boʻyicha topish mumkin boʻlgan GIFlar jamlanmasi paydo boʻldi. Kichik Robert Dauni GIFini buning uchun soʻzni yozmasdan yuborish mumkin. 🙄

Biz panelda kerakli GIFni tezroq topishingiz uchun animatsiyalar yuklanishini ham tezlashtirdik. Siz oldin yubormagan istalgan GIFni keyinchalik foydalanish maqsadida Oxirgilar varagʻiga saqlash uchun uni ushlab turing.

Moslashuvchan jildlar

Agar chatlaringiz koʻp boʻlsa va jildlardan foydalansangiz, roʻyxatdagi istalgan chatni jildlaringizdan biriga qoʻshish uchun uni bosib turing. Bu jildlardan chatlarni olib tashlashda ham ishlaydi. Katta tozalashni amalga oshirishning ayni vaqti!

“Jildga qoʻshish” ajratilgan chat parametrlari menyusi

Android uchun yangiliklar

Android foydalanuvchilarini yana bir nechta yangilik kutmoqda. Endi xabarlarni yangi ravon animatsiyalar bilan yuborish, tahrirlash va oʻchirib tashlash mumkin. Shuningdek, boshqaruv tugmalari va uzun izohlar tezroq gʻoyib boʻlishi uchun videopleyerni yaxshiladik. 30 soniyadan qisqaroq videolar endi avtomatik takrorlanadi.

Bundan tashqari, keshni boshqarish panelini yangiladik (Sozlamalar > Maʼlumotlar va xotira > Xotiradan foydalanish). Endi nafaqat ilova qurilmada ortiqcha joy egallamasligiga ishonch hosil qilishingiz, balki interfeys chiroyini baholashingiz mumkin.

Va nihoyat, ikki bosqichli tekshiruv sozlamalarida maymuncha paydo boʻldi. Hisobni qoʻshimcha parol bilan himoyalashga hech qachon kech emas. Agar buni hali amalga oshirmagan boʻlsangiz, parolni maxfiylik sozlamalarida oʻrnatish mumkin – bir vaqtning oʻzida maymunchadan zavqlangan holda.

Hozircha shular. Biz oʻzingiz nimaligini biladigan funksiya (va bu bilan cheklanmagan holda) ustida ishlashni davom ettiramiz, sizga esa yangi imkoniyatlarni amalda sinab koʻrishni tavsiya etamiz.


2020-yil, 4-iyun
Telegram jamoasi